AsosiyDunyo

Hindistonda yo‘talga qarshi siropdan zaharlanib o‘n yetti nafar bola vafot etdi

Hozirda mamlakatda holat boʻyicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

'Hindistonda yo‘talga qarshi siropdan zaharlanib o‘n yetti nafar bola vafot etdi'ning rasmi

Hindistonning Madxya-Pradesh shtatida Coldrif nomli yo‘talga qarshi siropdan zaharlanish natijasida 17 nafar bola vafot etdi, deyiladi The Times of India xabarida.

Xabarga ko‘ra, so‘nggi 43 kun ichida taxminan 20 nafar qurbon qayd etilgan, ulardan ikki nafari g‘udoq; hozirda 11 nafar bolaning ahvoli juda og‘ir.

Tibbiy tekshiruvlar natijasida sirop namunalarida zaharli kimyo modd — dietilenglikol aniqlangan.

Nagpurdagi shifoxona shifokori Ashish Lote ta’kidicha, namunadagi dietilenglikol miqdori ruxsat etilgan 0,1 foiz o‘rniga 48,6 foiz ekan — ya’ni me’yordan deyarli 500 baravar ko‘p.

O‘zbekiston Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi xabar berishicha, Coldrif O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tmagan va mamlakatda qo‘llanilmaydi.

Mahalliy hokimiyatlar esa qolgan dorilarni aniqlash va olib qo‘yish maqsadida uyma‑uy tekshiruvlarni boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ham Hindistonda ishlab chiqarilgan Dok‑1 Maks siropi sababbi oldingi yillarda ommaviy zaharlanish yuz bergan: 69 nafar bola vafot etgani, 18 nafari nogiron qolgani ma’lum qilingandi.

2024‑yil 26‑fevraldagi sud hukmi bilan bir qator sudlanuvchilarga jazo belgilangan va jabrlanganlarga moddiy tovon undirilgani e’lon qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar