AsosiyBu qiziq

Ekstremal mevali parhez tufayli vazni 22 kg gacha tushgan ayol vafot etdi

U faqat xom mevalardan iborat parhezga rioya qilgan.

'Ekstremal mevali parhez tufayli vazni 22 kg gacha tushgan ayol vafot etdi'ning rasmi

Polshalik Karolina Krzjyzak ekstremal "frutarian" (faqat xom meva yeyish) parheziga berilib, og‘ir sog‘liq muammolariga duch keldi. Bu haqda "mcn"nashri ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, ayol 2024 yil oxirida Bali oroliga borgan va 49 funt (taxminan 22 kg) vaznga tushib ketgan holatda Sumberkima Hill kurortiga joylashgan.

Karolina Krzyzak

Uch kundan so‘ng esa mehmonxona xodimlari uning jasadini xonasida topdi.

Bildirilishicha, Karolina mehmonxonaga kirishda o‘z vaznini ushlab tura olmasdi, va xodimlar uni xonasigacha kuzatgan. U faqat meva buyurtma qilgan va yordam takliflarini rad etgan. So‘nggi kunlarda u xonasidan deyarli chiqmagan.

Karolinaning do‘stlarining ma'lumotiga ko‘ra, u o‘z sog‘lig‘i og‘ir ahvolda ekanligiga qaramay, tibbiy yordamga murojaat etishni istamagan.

U ilgari osteoporozia, oqsil yetishmovchiligi, shishlar va tish yemirilishi bilan bog‘liq muammolardan aziat chekkan.

Yog‘, oqsil va muhim omega-3 moddalari yetishmaydigan ekstremal parhez Karolinaning hayotiga zomin bo‘ldi.

Uning fojiali o‘limi ijtimoiy tarmoqlarda "sog‘lom turmush tarzi" niqlari ostidagi zararli trendlar va noto‘g‘ri maslahatlarning qanday oqibatlarga olib kelishini yana bir bor ko‘rsatdi.

    Boshqa yangiliklar