AsosiyDunyo

Eronda majburiy hijob qonuni rasman bekor qilindi

Bu o'zgarish Eronidagi huquqiy va ijtimoiy muhitdagi muhim tarixiy qadam sifatida baholanmoqda.

'Eronda majburiy hijob qonuni rasman bekor qilindi'ning rasmi

Eronning Maqsadlilikni tekshirish kengashi a'zosi Muhammadrizo Bahoner mamlakatta majburiy hijob qonunining ijrosi to‘xtatilganini ma'lum qildi. Bu haqda “Free Iran” telegram kanali xabar bergan.

Bahonerning ta'kidlashicha, hijobga oid qonun loyihasi endilikda huquqiy kuchga ega emas va amaliyotta tatbiq etilmaydi. Uning fikriga ko‘ra, hijob ki‘yish qonuniy jihatdan majburiy emas va buning uchun hech qanday jarima yoki huquqiy oqibat belgilanmagan. Bu haqda politsiya ham xabardor qilingan.

Mazkur bayonot mamlakatta hijob masalasi yuzasidan uzoq muddat davom etgan ijtimoiy bahslar va muhokamalar fonida e'lon qilindi. Endi Eron tarixida ilk bor hijob taqish shaxsiy tanlov sifatida e'tirof etilgan va har bir ayol o‘z xohishiga ko‘ra qaror qabul qilishi mumkin.

Bu o‘zgarish Erondagi huquqiy va ijtimoiy muhitdagi muhim tarixiy qadam sifatida baholanmoqda hamda shaxsiy erkinlik va tanlovni hurmat qilish tamoyilini yanada mustahkamlaydi.

    Boshqa yangiliklar