AsosiyDunyo

Rossiya iqtisodiyoti xavf ostida

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Rossiya iqtisodiyotini ogʻir davr kutayotganini maʼlum qildi.

'Rossiya iqtisodiyoti xavf ostida'ning rasmi

EBRR bosh iqtisodchisi Beata Yavorchikning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda yuqori inflyatsiya fonida iqtisodiy o‘sish sekinlashmoqda. Asosiy sabablar sifatida davlat moliyasidagi taranglik va neft hamda gaz eksportiga qo‘yilgan tashqi cheklovlar keltirilmoqda.

Rossiya iqtisodiy taraqqiyot vazirligining prognoziga ko‘ra, 2025 yilda mamlakat YaIM o‘sishi atigi 1 foizni tashkil etadi (2024 yildagi 4,3 foizga nisbatan). Hukumat esa yangi byudjet loyihasida harbiy xarajatlarga ustuvorlik bermoqda – 2026 yilda mablag‘larning 38 foizi armiyaga, politsiya va maxsus xizmatlarga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, EBRR Ukrainaga oid prognozini ham pasaytirdi: 2025 yilda mamlakat iqtisodiyoti 2,5 foizga o‘sishi kutilmoqda. Bunga urush oqibatlari, hosilning pastligi va ishchi kuchi tanqisligi sabab bo‘lmqda.

    Boshqa yangiliklar