Bosh prokuratura huzuridagi Departament va “Hududgaz Poytaxt” xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan o‘rganish natijasida ma’lum bo‘lishicha, fuqaro R.Q. xonadonida ruxsatsiz konserva mahsulotlari ishlab chiqarib, gaz ta’minoti tizimiga noqonuniy ulangan.
Natijada davlat va jamiyat manfaatlariga 2,6 milliard so‘m zarar yetkazilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






