AsosiyMadaniyat

Til sertifikati yo‘q o‘qituvchilar vaqtincha ishlashi mumkin

Maktablardigi kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilariga joriy yilning yakunigacha o‘z mehnat faoliyatini davom ettirishga ruxsat berildi.

'Til sertifikati yo‘q o‘qituvchilar vaqtincha ishlashi mumkin'ning rasmi

Maktablardagi kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilariga joriy yilning yakunigacha o‘z mehnat faoliyatini davom ettirishga ruxsat berildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining joriy yilning 15 sentyabr kuni qabul qilingan “Xorijiy til o‘qituvchilarining belgilangan talab darajasidagi sertifikatga ega bo‘lishlariga doir zaruriy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi buyrug‘ida belgilangan.

Ma’lum qilinishicha, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan barcha xorijiy til o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi talabini saqlab qolgan holda, istisno tariqasida amalda faoliyat olib borayotgan va talab darajasidagi sertifikatga ega bo‘lmagan pedagoglarga 2025 yilning yakunigacha (joriy o‘quv yilining 1- va 2-choraklari davomida) o‘z mehnat faoliyatlarini davom ettirishga ruxsat berildi.

Shu bilan birga, vazirning ushbu buyrug‘i bilan talab darajasidagi sertifikatlarga ega o‘qituvchilar sertifikatlarining amal qilish muddati o‘quv yili davomida tugaydigan bo‘lsa, bu toifadagi o‘qituvchilarga o‘quv yili songigacha ishlash imkoniyati beriladi.

Shuningdek, joriy o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vakant lavozimlarga oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillar o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan hamda talab darajasidagi sertifikatga ega 3-4-kurs talabalari orasidan kadrlar zaxirasi shakllantiriladi. 

Bundan tashqari, joriy yilning 1 dekabrigacha vakolatli tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan chet tili bo‘yicha milliy hamda xalqaro sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik jarayonida tuman (shahar) Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari tomonidan malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda talab darajasidagi sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari uchun qo‘shimcha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar