AsosiySiyosat

Mirziyoyev Chexiya Prezidenti bilan uchrashdi

Rahbarlar qanday kelishuvga erishdi?

'Mirziyoyev Chexiya Prezidenti bilan uchrashdi'ning rasmi

New-Yorkda o‘tayotgan BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Chexiya Prezidenti Petr Pavel bilan qisqa, ammo mazmunli uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, transport va innovatsiyalar sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Qishloq xo‘jaligi va investitsion yo‘nalishlarda ham aloqalarni chuqurlashtirishga kelishib olindi.

Tomonlar idoralararo munosabatlarni faol davom ettirishga ham tayyor ekanliklarini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar