AsosiyJamiyat

Ўзбекистонда зилзила содир бўлди

Avvalroq, Afgʻonistonda zilzila sodir boʻlgandi va u Oʻzbekiston hududiga ham sezilgandi.

'Ўзбекистонда зилзила содир бўлди'ning rasmi

Bugun, 17 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan 09:14 da O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, zilzila epitsentri Toshkentdan 363 km janubiy-g‘arbda. Epitsentrda sezilish kuchi 4 bal. Magnitudasi 3,9. Chuqurligi: 10 km. Epitsentr: Navoiy viloyati, Konimex tumani, O‘zbekiston. Koordinatalari 40,74 shimoliy kenglik, 64,95 sharqiy uzunlik.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

G‘ijduvon tumanida 3 bal, 23 km.

Konimex tumanida 2 bal, 57 km.

Navbahor tumanida 2 bal, 57 km.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘lgandi va u O‘zbekiston hududiga ham sezilgandi.

    Boshqa yangiliklar