AsosiyDunyo

Ursula fon der Leyenga qarshi ikkki tomondan ishonchsizlik votumi bildirildi

Yevroparlamentda chap va o‘ng partiyalar Yevrokomissiya rahbarini lavozimdan chetlatmoqchi.

'Ursula fon der Leyenga qarshi ikkki tomondan ishonchsizlik votumi bildirildi'ning rasmi

Evroparlamentda Evrokomissiya prezidenti Ursula fon der Layenga qarshi ishonchsizlik votumi bo‘yicha yangi ovoz berish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Evroparlament spikeri Roberta Metsola deputatlarni xabardor qilgan.

DPA agentligi xabariga ko‘ra, bu safar ishonchsizlik votumini darhol ikki siyosiy kuch – o‘ng tarafdagi "Evropa vatanparvarlari" va chap tarafdagi "Evrochaplar" fraksiyasi taqdim qilgan. Bu holat Evroparlament tarixida ilk bor yuz bermoqda.

Avvalroq, 2024 yil yozida ham shunga o‘xshash votum o‘tkazilgan edi. O‘shanda Evroparlament a’zolari Ursula fon der Layen va uning 26 nafar komissarini lavozimda qoldirishga qaror qilgan: 553 deputatdan 360 nafari unga ishonch bildirgan, 175 nafari qarshi chiqqan, 18 nafari betaraf qolgan. Evrokomissiya rahbariga ishonchsizlik bildirish uchun uchdan ikki qism ovoz talab qilinadi.

    Boshqa yangiliklar