Bir yil davom etgan zo‘ravonlik, fojiali tugagan hayot — bola vafot etdi
Qirg‘izistonda 51 yoshli erkak o‘zining 20 yoshli o‘g‘lining rafiqasini bir yil davomida zo‘rlashda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda mamlakat Ombudsman instituti xabar berdi.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u 2024 yilda turmush qurganidan so‘ng qaynotasi tomonidan pichoq bilan qo‘rqitilib zo‘rlangan.
Zo‘rlik holatlari muntazam davom etgan, lekin qaynonasi buni jim kuzatgan. Ayol homilador bo‘lib, aprel oyida farzand dunyoga kelgan. Ammo tug‘ruqdan 15 kun o‘tib yana zo‘rlangan.
May oyida ayol voqeani eri bilan bo‘lishgan. Buning ortidan qaynota kelin-kuyovga jismoniy tazyiq o‘tkazib, ularni uydan haydab chiqargan va bolasini olib qolgan.
Ayol iyul oxirida politsiyaga murojaat qilgan. 16 avgust kuni gumonlanuvchi hibsga olingan. U so‘roq vaqtida 50 ming som pora taklif qilgan. Endi u pora berishda ham ayblanmoqda.