AsosiyJamiyat

Janubiy vokzal yaqinida yongʻin yuz berdimi?

Toshkent shahar FVB tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan izoh berdi.

'Janubiy vokzal yaqinida yongʻin yuz berdimi?'ning rasmi

Bugun, 16 sentabr kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida elektron peshtaxtada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, soat 07:26 da Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasida elektron reklama peshtaxtasi yonayotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 07:31 da yetib borib, yong‘in soat 07:40 da o‘chirilgan. 

 Bildirilishicha, yong‘in oqibatida jarohat olganlar yo‘q. Ayrim OAVlari mazkur voqeani kelgan Janubiy vokzali yaqinida sodir bo‘lganini yozmoqda.

    Boshqa yangiliklar