Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov NATO Ukrainaga ko‘rsatayotgan harbiy yordamni “urushdagi ishtirok” sifatida baholadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, alyans Kiyevni qurol va razvedka bilan ta’minlab, Rossiyaga qarshi amalda urush olib bormoqda.
Bu bayonat Polsha havo hududiga kirib borgan Rossiya dronlari ortidan yangradi. Hodisa NATODa Ukraina osmonini yopish masalasini yana kun tartibiga olib chiqdi. Moskva esa bu tashabbusga keskin qarshi chiqmoqda.
Hozirda Rossiya va Belarus Euroittifoq chegaralariga yaqin hududlarda qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. NATO esa bunga javoban Litvaga qo‘shin va harbiy texnika yuborishni boshlandi.