AsosiySiyosat

Investor – tarmoq – texnikum zanjiri asosida texnikumlarda dual taʼlim yoʻlga qoʻyiladi

Yangi o‘quv yilidan 100 ta texnikumda Germaniya, Shveysariya, Xitoy, Koreya, Britaniya kabi davlatlar bilan ta’lim bo‘yicha hamkorlik qilinadi.

'Investor – tarmoq – texnikum zanjiri asosida texnikumlarda dual taʼlim yoʻlga qoʻyiladi'ning rasmi

Bir yil ichida 100 ta texnikumda Germaniya, Shveytsariya, Xitoy, Koreya, Britaniya kabi davlatlarning ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, ularning eng ilgor kasbiy ta’lim dasturlari joriy qilinishi belgilandi. Bu haqda bugun, 15 sentabr kuni davlat rahbari matbuot kotibi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kasbiy ko‘nikmasi bor istalgan talabgor ushbu texnikumlarda xorijiy davlatlarning malakani baholash tizimi orqali imtihondan o‘tib, xalqaro sertifikat olishi mumkin bo‘ladi.

Joriy o‘quv yilidan Angliyaning “Pearson” kompaniyasi bilan hududlardagi 14 ta texnikumda “BTEC” xalqaro dasturi boshlandi. Bu orqali yoshlar xalqaro standartlar asosida turizm, axborot texnologiyalari, tibbiyot, qurilish, logistika, elektrotexnika, energetika, mashinasozlik, biotexnologiya, kreativ iqtisodiyot kabi yo‘nalishlarda talab yuqori kasblarni egallaydi.

Kelasi yili sanoatda qariyb 45 milliard dollarlik 456 ta yirik loyiha boshlanadi. “Investor – tarmoq – texnikum” zanjiri asosida texnikumlarda dual ta’lim yo‘lga qo‘yiladi.

Korxonalar bilan aniq loyihalari bo‘lgan texnikumlar o‘rtasida zamonaviy ustaxonalarni barpo qilish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Tanlov g‘oliblariga ustaxona uchun zamonaviy uskuna va jihozlar, sport anjomlari olib beriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelasi yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovi 2 karra kamaytiriladi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 15:13

    Kelasi yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovi 2 karra kamaytiriladi

    Davlat rahbari pedagoglarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

    'So'nggi sakkiz yilda jami talabalar soni 250 mingdan 1,5 millionga yetdi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 15:09

    So'nggi sakkiz yilda jami talabalar soni 250 mingdan 1,5 millionga yetdi

    Oliygohlar soni ham 77 tadan 202 tagacha koʻpayib yoshlarga oliygohlarga kirishda tanlov imkoniyati oshirildi.

    'Texnikum o‘qituvchilari uchun ham kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 14:53

    Texnikum o‘qituvchilari uchun ham kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi

    Har yili 500 nafar muallim ilg‘or xorijiy ta’lim tashkilotlariga, yana 500 nafar kasb ustalari esa chet eldagi yirik korxonalarga stajirovkaga yuboriladi.

    ''ning rasmi

    Siyosat Bugun 14:32

    ''ning rasmi

    Siyosat Bugun 14:23

    ''ning rasmi

    Siyosat Bugun 14:14