Murmansk viloyatida 6-haftadan keyin dori vositalari orqali abort qilishga norasmiy taqiq joriy etilgani aytilmoqda. O‘rniga ayollarga yanada og‘irroq usullar — vakuum-aspiratsiya yoki jarrohlik yo‘li taklif qilinmoqda.
Hududiy hokimiyat esa shifokorlarni ayollarni “fikridan qaytarishga” undash uchun pul mukofotlari belgilaganini tan olgan. Ayrim ayollar esa shifokorlar vaqtni ataylab cho‘zib, operatsiya imkoniyatini kamaytiryotganini aytmoqda.
Bu jarayon Russiyada tug‘ilish ko‘rsatkichlari keskin kamayib borayotgan, rasmiy demografik statistikalar esa iyundan beri e’lon qilinmayotgan paytda yuz bermoqda.
Mutaxassislar buni hukumatning tug‘ilishlarni ko‘paytirish maqsadida ayollarga bosim o‘tkazishi sifatida baholamoqda.