AsosiySport

Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev ham jahon chempioni bo'ldi

Avvalroq, Fazliddin Erkinboyevning jahon chempioni bo‘lgani haqida xabar qilgandik.

'Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev ham jahon chempioni bo'ldi'ning rasmi

Angliyaning Liverpul shahrida qizg‘in tus olgan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z avj pallasiga yetdi. Turnir doirasidagi hal qiluvchi bahslar yurtdoshlarimizning irodasi va mahoratlarini yanada yaqqol namoyon qilmogda.

-65 kg vazn toifasida hamyurtimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev ringga ko‘tarilib, braziliyalik Yuri Reis bilan bellashdi. To‘qnashuvning ilk raundida Asadxo‘ja ochkolar bo‘yicha raqibidan ortda qoldi. Keyingi ikki raundda o‘zini qo‘lga olib, ustunlikni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, chempionatda yana bir bokschimiz — Javohir Ummataliev ham finalda fransuz sportchisi Yojerlen Sezarga qarshi kuch sinashadi. 

    Boshqa yangiliklar