Bu bo‘yicha Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi Zulfiya nomidagi davlat mukofotini tibbiyot (meditsina) sohasi uchun alohida yo‘nalish sifatida berishni nazarda tutuvchi Prezident farmoni loyihasini e’lon qildi.
Loyihada ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida yoshlar, ayniqsa iqtidorli xotin-qizlar faol ishtirok etib, ilmiy-tadqiqot ishlari, yangi davolash usullari, profilaktika dasturlari va innovatsion tibbiy texnologiyalar orqali sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqda. Qaror loyihasida ana shunday yutuqlarga erishgan iqtidorli qizlarni Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlab borishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda.
Loyihada, jumladan, 1999 yil 10 iyundagi "Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida"gi PF-2326-son Farmonga tegishli o‘zgartirishlarni kiritish hamda Davlat mukofoti bilan taqdirlab borish bilan bog‘liq xarajatlarning moliyalashtirish manbalarini belgilash kabi masalalar hal qilingan.
O‘z navbatida, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga usbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Hukumatga takliflar kiritishi belgilanmoqda.