AsosiyJamiyat

Ўзбекистонлик 130 ёшли онахон Гиннесснинг рекордлар китобига киритилиши мумкин

Ўзбекистон тарихида биринчи марта 130 ёшли онахоннинг туғилганлик факти белгиланди. Бувайдалик Ҳувайдо момонинг ёши 130 да эканини исботловчи факт топилди.

'Ўзбекистонлик 130 ёшли онахон Гиннесснинг рекордлар китобига киритилиши мумкин'ning rasmi

Bu haqda Adliya vazirligi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, vazirlik tashabbusi bilan oʻtkazilgan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi davomida Buvayda tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan tumanning "Qoraqum" MFYsi amalga oshirilgan hatlovlarda 1895 yilda tugʻilgan Umаrovа (Toshmatova) Huvaydo momoning tugʻilishi qayd etilmagani aniqlandi.

Buvayda tuman adliya boʻlimi tomonidan kiritilgan daʼvo ariza qanoatlantirilib, Fuqarolik ishlari boʻyicha Qoʻqon tumanlararo sudining Buvayda tumani "Qoraqum" MFYda oʻtkazgan sayyor sud majlisida Huvaydo momoning 1895 yil 1 yanvarda Buvayda tumanida tugʻilganlik fakt belgilandi.

Xabarda aytilishicha, Huvaydo momo Guinness rekordlar kitobiga dunyodagi eng yoshi ulugʻ inson sifatida ham kiritilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar