Polsha aviatsiya navigatsiyasi xizmati (PANSA) xabarga ko‘ra, mamlakat sharqida — Belarus va Ukraina bilan chegaradosh hududda sentyabr vaqtincha cheklangan. Qaror 2025 yil 10 sentyabrdan kuchga kirib, 9 dekabrgacha amal qiladi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
PANSA bayonotida aytilishicha, cheklovlar davlat xavfsizligini ta'minlash maqsadida joriy qilingan. Ushbu hududda fuqarolik dronlari kun-u tun parvo qila olmaydi. Tunda faqat harbiy samolyotlar, kunduzi esa Polsha hukumatini oldindan ogohlantirgan havo kemalariga ruxsat etiladi.
Favqulodda vaziyatlar, tabiiy ofatlar yoki shoshilinch tibbiy yordam uchun uchadigan samolyotlar bu tartibdan mustasno. Shuningdek, hukumat va tibbiy aviatsiya parvozi, ekologik xavf yoki tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan missiyalar ham ruxsat etilishi mumkin.
PANSA qayd etishicha, belgilangan hududga ruxsatsiz kirish aviatsiya qonunchiligini buzish hisoblanadi. Mazkur qaror Rossiya va Belarusning qo‘shma “G‘arb-2025” harbiy mashg‘uloti fonida qabul qilingan. 10 sentyabr kuni esa Rossiyaning Ukrainaga qilgan dron hujumi oqibatida ilk bor Polsha hududi ham zararlangan, kamida 19 dron mamlakat havo hududiga kirgani va ulardan to‘rt nafari urib tushirilgani xabar qilingandi. Shu sababli Varshava, Lyublin va Jashuv aeroportlari vaqtincha faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.