Qosim-Jomart Toqayev parlament islohoti haqidagi taklifini "Tinchlik va kelajak huquq orqali" nomli xalqaro forumda izohladi.
Unga ko'ra, islohotning asosiy maqsadi – siyosiy tizimning institutsional poydevorini mustahkamlashdir.
Prezident "kuchli prezident – ta'sirchan parlament – hisobdor hukumat" modeli saqlanib qolishini, referendum orqali qarorlar qabul qilish muhimligini ta'kidladi.
U, shuningdek, Qozog'istonnı texnologik jihatdan ilgor davlatga aylantirishni asosiy maqsad sifatida qayd etdi.