AsosiyDunyo

Dunyoing eng boy odami birinchiligini Larri Ellison egalladi

Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask 385 mlrd dollar bilan ikkinchi o‘ringa tushdi.

'Dunyoing eng boy odami birinchiligini Larri Ellison egalladi'ning rasmi

Oracle korporatsiyasi asoschisi Larri Ellison ilk bor Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Maskni ortda qoldirib, dunyoning eng boy odamlari reytingida yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ellisonning boyligi 393 milliard dollarga baholangan bo‘lib, u Maskning 385 milliard dollarlik kapitalidan oshib ketdi. Eng e’tiborli jihati shundaki, Ellison bir kun ichida 101 milliard dollarlik rekord daromad ko‘rsatkichini qayd etdi. Bu Bloomberg reytinglari tarixidagi eng yirik bir kunlik o‘sish sifatida qayd etilgan.

So‘nggi bir yil davomida eng yuqori pog‘onani Ilon Mask egallab kelgan edi. U ilgari Amazon asoschisi Jeff Bezos va LVMH rahbari Bernard Arno bilan yetakchilikni baham ko‘rgan. Hozirgi reytingda Bezos to‘rtinchi, Arno esa sakkizinchi o‘rinda joylashgan.

Ellisonning kapitali Oracle kompaniyasining bulutli texnologiyalar bo‘yicha ijobiy prognozidan keyin keskin oshdi. Kompaniya aksiyalari chorshanba kuni 41 foizga ko‘tarilib, yil boshidan beri 45 foizga o‘sdi. Tesla aksiyalari esa 13 foizga tushib ketdi.

    Boshqa yangiliklar