Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyatida terrorchilik tashkiloti tarafdorlaridan iborat guruhning faoliyatiga chek qo‘ydi. Sud ularni aybli deb topib, uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etdi.
Ma’lum qilinishicha, guruh a’zolari to‘g‘oldi hududlarda diniy yig‘inlar o‘tkazib, Suriyaga borib jangarilar safida “jihod” qilish va o‘zini portlatish yo‘lini muhokama qilgan. Ular yopiq “Telegram” guruhida portlovchi qurilma tayyorlash usullarini ham o‘rgangan.
4 nafar a’zo Suriyaga ketib ulgurgani aytilib, ularga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Qolgan ayrim shaxslarga esa kechirimlilik siyosati qo‘llanilgan.