Fransiyada Frederik Pechier ismli doktor 9 yil davomida 30 nafar bemorni zaharlashda ayblanmoqda. Ulardan 12 nafari hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Bildirilishicha, ushu ish yuzasidan sud jarayoni allaqachon boshlaangan. Ayblovlar tasdiqlansa, erkak umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Shifokorning ismi ilk bora frantsuz huquq-tartibot organlari e’tiboriga 2017 yil yanvar oyida tushgan edi. O‘shanda Pechiërning bemorlaridan biri — 36 yoshli Sandra Simardning yuraghi oddiy operatsiya davomida to‘xtab qolgan.
Tekshiruvlarga ko‘ra, bemorga narkoz berish uchun ishlatilgan qopchiqdan kaliy dorisining xavfli dozasi topilgan. Ma’lum bo‘lishicha, 3 nafar farzandning otasi bo‘lgan Pechier o‘z hamkasblariga zarar yetkazish uchun ular foydalanadigan tibbiy jihozlarni ataylab zaharlab qo‘ygan. Shundan so‘ng, uning o‘zi bemorlarni jonlantirishda hamkasblariga “yordam bergan”.
Sud eshituvlarida shifokor o‘z aybsizligini ta’kidlab, hech qachon bunday harakatlar qilmaganini da’vo qilgan. Zaharlanish oqibatida 4 yoshdan 89 yoshgacha bo‘lgan 12 nafar bemor vafot etgani aytilmoqda. Shifokorning advokatlari “Pechiërning aybsizligini isbotlash uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishini” ma’lum qilgan.
Sud jarayoni dekabrgacha davom etishi kutilmogda. Sudyalar ushu isni hozirda Pechier hibsda saqlanayotgani yo‘q, faqatgina sud nazorati ostida ozodlikda yuribdi.