“Kamrovni oshirish uchun barcha sharoit qilib beryapmiz, lekin bog‘chalarga yangi nafas, yangi metodika kirib borishi, tarbiyachilarning salohiyati ham shunga yarasha bo‘lishi kerak”, – deydi Prezident. Yoz mavsumida 118 ming tarbiyachining malakasi oshirildi, lekin bu yetarli emasligi qayd etildi. Shu bois, yangi o‘quv yilidan pedagogika oliygohlarida o‘rta maxsus ma’lumotli tarbiyachilar uchun “1+5” (1 kun o‘qish, 5 kun ish) bakalavr ta’lim shakli joriy qilinadi. Bu orqali bog‘chalarga har yili qariyb 10 ming oliy ma’lumotli mutaxassis kirib keladi. Xususiy bog‘cha bilan davlat bog‘chasi uchun ta’lim-tarbiya sifatida bo‘yicha yagona yondashuv yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi. Shu munosabat bilan kelgusi yilda har bir viloyatda bog‘cha tarbiyachilari pedagogik mahoratini oshirishga metodik ko‘maklashuvchi tayanch “Yangi avlod” bog‘chalari barpo qilinadi. Mutasaddilarga “Yangi avlod” bog‘chasi loyihasini eski va bir xil yondashuvlardan chekinib, yangicha ishlab chiqish topshirildi.
Boshqa yangiliklar

Siyosat 09.09.2025 15:27
Joriy yildan oliygohlari kadrlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqib qabul kvotalarini shakllantiradi
Mutasadidlarga yil yakunigacha yangi agentlik bilan birgalikda korxonalar uchun kerakli kasb kesimida standart va talablarni ishlab chiqish topshirildi.

Siyosat 09.09.2025 15:15
Kasbiy ta'lim agentligi tashkil qilinadi
Yangi agentlik bitiruvchilarni kasbiy ta'lim bilan qamrab olinishini nazorat qiladi.

Siyosat 09.09.2025 14:19
80 ta tumanda bog'cha ochmoqchi bo'lgan tadbirkorlarga katta imtiyozlar beriladi
Davlat rahbari tomonidan ushbu mexanizmdan unumli foydalanib, bog‘cha o‘rinlarini ko‘paytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Siyosat 08.09.2025 21:35
Endi maktablarda maktab maslahatchisi lavozimi joriy qilinadi
Prezident ta’limni isloh qilish masalalariga oid taqdimot bilan tanishdi

Siyosat 08.09.2025 16:21
Mirziyoyev Tojikiston xalqini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi
O‘zbekiston Prezidenti birodar tojik xalqiga ezgu tilaklar yo‘lladi.