AsosiySiyosat

80 ta tumanda bog'cha ochmoqchi bo'lgan tadbirkorlarga katta imtiyozlar beriladi

Davlat rahbari tomonidan ushbu mexanizmdan unumli foydalanib, bog‘cha o‘rinlarini ko‘paytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

'80 ta tumanda bog'cha ochmoqchi bo'lgan tadbirkorlarga katta imtiyozlar beriladi'ning rasmi

Endi 80 ta tumanda bog‘cha ochmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga katta imtiyozlar beriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida so‘z bordi.

Qayd etilishicha, usbu mexanizmdan unumli foydalanib, bog‘cha o‘rinlarini ko‘paytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Qashqadaryoning barcha tumanlarida xususiy sektor va chet ellik hamkorlar bilan ikki yil ichida bog‘cha va maktab o‘rni 3 barobar oshgan. Viloyat hokimlariga bu tajribani o‘rganish topshirildi.

Umuman, har bir tumanda bog‘cha qamrovi 80 foizdan kam bo‘lmasligi shartligi belgilandi. Buning uchun viloyat va tuman hokimlari oldiga bosh yerlarini topib, auktsionga chiqarish, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda qaysi maktab va bog‘chada bosh joy bo‘lsa, bog‘cha qurish rejasini belgilash vazifasi qo‘yildi.

Mutasaddilarga bosh yerlarda bog‘cha tashkil etish bo‘yicha xususiy sheriklik yoki sarmoya kiritish sharti bilan uch yillik dastur qabul qilish, yangi xususiy bog‘chalarga subsidiya berish, tarbiyachilar maoshini qisman qoplash tartibini joriy qilish topshirildi.

    Boshqa yangiliklar