Xususan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining bo‘sh yer maydonlarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil qilishga ruxsat beriladi.
Tadbirkorlarga 7 yilgacha bo‘lgan imtiyozli kredit mablag‘lari ajratiladi hamda faoliyatini o‘zgartirmaslik sharti bilan yer uchastalari tekinga beriladi.
Xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlagan holda ularga imtiyozli kreditlar ajratiladi. Xususan, «nol» qiymatida yer berish ko‘zda tutilmoqda.
38 ta «qizil» hududga 1 foiz ijtimoiy va daromad solig‘i, 41 ta «sariq» hududga 5 foiz ijtimoiy va daromad solig‘i belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti litsenziya olinganidan keyin uch yil davomida qamrov darajasi 70-80 foiz oralig‘ida bo‘lgan tuman (shahar)lardagi tadbirkorlik subyektlariga ijtimoiy soliq stavkasi 5 foiz, 70 foizdan past bo‘lgan tuman (shahar)lardagi tadbirkorlik subyektlariga 1 foiz etib belgilanadi.
Ushbu islohotlar maktabgacha ta’lim qamrovini sezilarli darajada oshirishga, xususiy sektorning faolligini kuchaytirishga va pedagoglar malakasini yuksalttirishga olib keladi.