AFP xabariga ko‘ra, Sexili Lisbondan yo‘lga chiqib, Vladivostokgacha yetib borishni rejalashtirgan.
Ammo manzilga 200 kilometr qolganda u Xitoy–Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga uringanlikda ayblanib, qo‘lga olingan.
Fransiyaning Moskvadagi bosh konsulxonasi voqea yuzasidan Rossiya hukumat bilan aloqaga chiqqan.
Bu voqea o‘tgan yili Rossiyada hibsga olingan yana bir frantsuz fuqarosi – Loran Vinate ishini eslatmoqda.