AsosiySport

Mirziyoyev O‘zbekiston futbolchilariga “CAFA Nations Cup” kubogini topshirdi

Prezident Olimpiya stadionida boʻlib oʻtgan finalda milliy terma jamoa gʻalabasiga shaxsan guvoh boʻldi.

'Mirziyoyev O‘zbekiston futbolchilariga “CAFA Nations Cup” kubogini topshirdi'ning rasmi

Toshkentda o‘tgan finalda O‘zbekiston va Eron terma jamoalari maydonga tushdi. Asosiy va qo‘shimcha vaqt durang bilan yakunlangach, 120-daqiqada Hojiakbar Alijonov bosh bilan kiritgan gol musobaqa taqdirini hal qildi.

Shu tariqa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2025 yilgi “CAFA Nations Cup” g‘olibi bo‘ldi. Kubok va oltin medallarni futbolchilarimizga Shavkat Mirziyoyev topshirdi. Taqdimlash marosimida FIFA prezidenti Janni Infantino ham ishtirok etdi.

Bu g‘alaba jahon chempionati oldidan muhim tayyorgarlik bo‘ldi. Shu bilan birga, milliy jamoamiz Eronga qarshi 13 yillik g‘alabasiz seriyaga chek qo‘ydi.

    Boshqa yangiliklar