AsosiyDunyo

Quddusdagi avtobus bekatlarining birida otishma sodir bo‘ldi

Оқибатда 6 киши ҳалок бўлган ва 10 нафар инсон яраланган.

'Quddusdagi avtobus bekatlarining birida otishma sodir bo‘ldi'ning rasmi

Quddusda otishma sodir bo‘ldi. Hodisa Ramot yo‘lining ajralishidagi avtobus bekatlaridan birida sodir bo‘lgan. Bu haqda Ynetnwes nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 6 kishi halok bo‘lgan va kamida 10 nafar inson yaralangan. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, ikki hujumchi 62-yo‘nalishdagi avtobusga va uning yonida bo‘lgan odamlarga qarata o‘q uzgan. Isroil Mudofaa armiyasi askari va qurollangan fuqaro ularga javob o‘qi bilan hujumchilarning ikkalasini ham otib tashlagan.

Magen David Adom tez yordam xizmatining xabarida yozilishicha, jarohatlanganlar Shaarey Tsedek va Hadassa shifoxonalariga olib borilgan. Yaradorlarga zudlik bilan qon quyish zarur bo‘lgani uchun Markaziy bankdan qon zaxiralari jo‘natilgan. 

Hujum uyushtirganlar Sharqiy Quddusda yashovchi falastinliklar bo‘lgani aytilmogda. Ular Shvetsiyaning Carl Gustaf m/45 avtomatining q‘lbola nusxasidan foydalangan. Bunday turdagi qurollar falastinliklar orasida keng tarqalgan.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hujumga keskin javob berilishini bildirdi. Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir Quddus va G‘arbiy Sohilda xavfsizlik choralarini kuchaytirishga chaqirdi.

HAMAS Quddusdagi hujumni Isroilning bosqinchiliklari uchun javob deb atadi. Biroq ular javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. Falastin tomoni esa hujum yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Fransiyada hukumat isteʼfoga chiqmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:50

    Fransiyada hukumat isteʼfoga chiqmoqda

    Mamlakat yetakchisi tez kunlarda yangi bosh vazir tayinlanishini e'lon qildi.

    'Непалда ижтимоий тармоқлар блокланишига қарши норозиликда 17 киши ҳалок бўлди'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:48

    Непалда ижтимоий тармоқлар блокланишига қарши норозиликда 17 киши ҳалок бўлди

    Nepal poytaxti Katmanduda 26 ta ijtimoiy tarmoq – jumladan, Instagram, YouTube va Facebook bloklangan ortidan o‘tkazilgan norozilik namoyishlari qonli tus oldi.

    'Germaniya kansleri: Ukraina Putinning rejalarida faqat boshlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:46

    Germaniya kansleri: Ukraina Putinning rejalarida faqat boshlandi

    Germaniya kansleri Fridrix Mersning ta'kidlashicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning "imperialistik rejasi" Ukraina bilan tugamaydi.

    'Fransuz velosportchisi Rossiyada qo'lga olindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:44

    Fransuz velosportchisi Rossiyada qo'lga olindi

    U Yevroosiyoni velosipedda kesib o'tish bo'yicha rekord o'rnatmoqchi bo'lgan.

    'Yevropa chet elliklarga boshpana bermayaptimi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:41

    Yevropa chet elliklarga boshpana bermayaptimi?

    Yevropada yarim yil ichida 400 mingga yaqin boshpana so‘rovi qayd etildi, biroq ijobiy javoblar soni keskin kamaydi.

    'Poytaxtda eng ko'p YTH sodir bo'lgan tumanlar aytildi'ning rasmi

    Dunyo 08.09.2025 17:30

    Poytaxtda eng ko'p YTH sodir bo'lgan tumanlar aytildi

    2025 йилнинг 8 ойи давомида 4,3 мингдан ортиқ ЙТҲ содир бўлган.