AsosiyDunyo

Hindistonda chaqaloq qornidan ikkita homila topildi

So‘ng shifokorlar uning qornidan ikkita rivojlanmagan embryonni olib tashlashga muvaffaq bo‘lgan.

'Hindistonda chaqaloq qornidan ikkita homila topildi'ning rasmi

Hindistonda chaqaloq qornidan ikki homila topildi. Bu haqda “The Times of India” nashri yozmoqda.

Gurgaon shahridagi shifoxonada amalga oshirilgan jarrohlik jarayonida 15 nafar shifokor qatnashgan. Mutaxassislarning aytishicha, “homila ichida homila” deb ataluvchi bu holat 500 mingta tug‘ilishdan faqt birida uchraydi.

Onaning homiladorligi uch egizak bilan boshlangan bo‘lsa-da, ulardan biri qolganlarini o‘ziga singdirib yuborgan. Tug‘ilgan qizaloq 20 kunligida qorin shishishi va ovqat yemay qo‘yishi sabab shifoxonaga yotqizilgan. Tekshiruv natijasida oshqozonini siqib turgan o‘sma aslida noto‘g‘ri shakllangan embrionlar ekani aniqlangan.

Ikki soatlik murakkab operatsiyadan keyin chaqaloq sog‘lom holda javob berilgan. Shifokorlarning ma’lum qilishicha, u hozir o‘zini yaxshi his qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar