Turkiya shimolidagi Zonguldak sohilida yangi qurilgan "Dolse Vento" nomli hashamatli yaxta birinchi marta suvga tushirilgach, darhol agʻdarilib, choʻkib ketdi. Bu haqda "rasdaliy.kz" maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Istanbulda qurilgan, qiyati taxminan 1 million dollar boʻlgan "Dolse Vento" yaxtasi ilk suzishida falokatga uchragan.
Kadrlar yaxtaning suvga tushishi bilan bir necha soniya ichida qiyishayib, oxir-oqibat butunlay yonboshlab choʻkib ketganini koʻrsatadi.
Voqea vaqtida yaxtada boʻlgan egasi, sardor va yana ikki ekipaj aʼzosi sogʻ-salomat qutqarilgan. Ularga hech qanday zarar yetmagan.
Aniqlanishicha, bu yaxtaning birinchi suzishi boʻlgan. Hodisa mashhur sayyohlik niqobni — Zonguldak sohilida yuz bergan.