AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda 27 yoshli bemor shifoxonaga etib bormay vafot etdi

Tana toshmalari, burundan qon ketishi va holsizlikdan shikoyat qilgan bemor uchun kech bo‘ldi.

'Qashqadaryoda 27 yoshli bemor shifoxonaga etib bormay vafot etdi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatida 27 yoshli fuqaro shifoxonaga yetib bormay hayotdan koʻz yumdi. Bu haqda viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi rasmiy xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bemor — 1998 yil 12 mayda tugʻilgan O.S. ismli fuqaro 2025 yilning 9–11 avgust kunlari Yakkabogʻ tuman tibbiyot birlashmasining Reabilitatsiya boʻlimida davolangan. U burundan qon ketishi, tanadagi toshmalar va umumiy holsizlikdan shikoyat qilgan.

Shifokorlar tomonidan oʻtkazilgan tahllillar va maslahatlar asosida unga idiopatik trombositopenik purpura tashxisi qoʻyilgan. Bemor holatining ogʻirligi inobatga olinib, u viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazining gematologiya boʻlimiga yoʻnaltirilgan.

Biroq bemor 11 avgust kuni yaqinlari tomonidan viloyat shifoxonasiga olib borilmasdan uyiga qaytarilgan. Oʻsha kuni kechqurun holati ogʻirlashgan bemor yana Yakkabogʻ tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan va zaruriy tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Oradan bir kun oʻtib, 12 avgust tongida bemor oʻz xohishi va qarindoshlari tashabbusi bilan yana viloyat shifoxonasiga olib ketilgan. Afsuski, u shifoxonaga yetib bormasan vafot etgan.

Rasmiy maʼlumotga koʻra, marhum bir necha yildan buyon “D” nazoratida boʻlgan. Hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmogʻda.

Eslatib oʻtamiz, bundan avval Toshkentdagi xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 9 yoshli bola vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Vodiyda ilon va tipratikandan shoʻrva tayyorlab sotayotganlar qoʻlga olindi'ning rasmi

    Jamiyat 05.09.2025 17:27

    Vodiyda ilon va tipratikandan shoʻrva tayyorlab sotayotganlar qoʻlga olindi

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi munosabat bildirdi.

    'Poytaxtda sovuq suvni o‘chirish jadvali e’lon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 05.09.2025 16:53

    Poytaxtda sovuq suvni o‘chirish jadvali e’lon qilindi

    Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik munosabati bilan ichimlik suv bosimi pasayishi hamda vaqtincha bo‘lmasligi mumkin.

    'Andijonda zapravkada yong‘in sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 05.09.2025 14:47

    Andijonda zapravkada yong‘in sodir bo‘ldi

    Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    'Farg'onada bog'chadagi 13 nafar bola ovqatdan zaharlandi'ning rasmi

    Jamiyat 05.09.2025 12:42

    Farg'onada bog'chadagi 13 nafar bola ovqatdan zaharlandi

    Oltiariqdagi maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyati vaqtincha to'xtatildi, holat yuzasidan tekshiruv boshlandi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 05.09.2025 11:30

    'AQSh Rossiya bilan chegaradosh davlatlarga harbiy yordamni toʻxtatmoqchi'ning rasmi

    Jamiyat 05.09.2025 10:12

    AQSh Rossiya bilan chegaradosh davlatlarga harbiy yordamni toʻxtatmoqchi

    Pentagon Yevropadagi ba'zi ittifoqchilarga ko'rsatilayotgan harbiy yordam dasturlarini moliyalashtirishni bekor qiladi.