AsosiyJamiyat

Angrenda avtobus va yuk mashinasi to'qnashuvi ortidan haydovchi oynadan otilib chiqdi

YTH avtobus qayrilib olayotgan vaqtda ro‘y berdi, salonda yo‘lovchilar bo‘lmagan.

'Angrenda avtobus va yuk mashinasi to'qnashuvi ortidan haydovchi oynadan otilib chiqdi'ning rasmi

Toshkent viloyatining Angren shahrida 19 avgust kuni soat 10:30 da avtobus va yuk mashinasi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda zarba natijasida avtobus haydovchisining transport oynasidan tashqariga otilib chiqqani aks etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 58 yoshli avtobus haydovchisi qayrilish paytida uning bilan bir yo‘nalishda kelayotgan, 34 yoshli shaxs boshqaruvidagi yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Zarba avtobusning yon qismiga kelib urilgan va haydovchi salondan tashqariga chiqib ketgan.

Hodisa vaqtida avtobus ichida yo‘lovchilar bo‘lmagan. Haydovchi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmogda.

    Boshqa yangiliklar