AsosiyDunyo

Angliya hukumati 16 yoshga to'lmaganlar uchun energetik ichimliklarni ta'qiqlamoqchi

Aksariyat supermarketlar allaqachon ixtiyoriy taqiqni joriy etgan.

'Angliya hukumati 16 yoshga to'lmaganlar uchun energetik ichimliklarni ta'qiqlamoqchi'ning rasmi

Angliyada 16 yoshga to‘lmaganlarga do‘konlar, restoranlar, kafelar, savdo avtomatlari va internet orqali Red Bull, Monster va Prime kabi energetik ichimliklarni sotish taqiqlanadi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Bildirilishicha, Buyuk Britaniya bolalarining uchdan biri har hafta energetik ichimlik iste'mol qiladi. Aksariyat supermarketlar allaqachon ixtiyoriy taqiqni joriy etgan. Ba'zi ichimliklar ikki stakan qahvadan ham ko‘proq kofeinga ega. Ortiqcha iste'mol bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, tez yurak urishi va yurak ritmi buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Kamdan-kam hollarda ortiqcha kofein o‘limga ham sabab bo‘lgan. Shakarli turlari esa tishlarga zarar yetkazib, semirishga ham olib keladi.

“Bu ichimliklarning sog‘liqqa, diqqatni jamlashga va o‘qishga ta'sirini ko‘rishingiz mumkin, shuning uchun biz choralar ko‘rmoqdamiz”, degan Sog‘ligni saqlash va ijtimoiy ta'minot vaziri Ues Striting.

Qonun loyihasini muhokama qilish uchun 12 hafta davomida sog‘liq va ta'lim mutaxassislari, jamoatchilik, chakana sotuvchilar va ishlab chiqaruvchilar fikri yig‘iladi. Taqiq amaldagi parlament muddati tugashidan ancha oldin kuchga kirishi kutilmog‘da. Bite Back nomli yoshlar faollari guruhidan 18 yoshli Carrera ishlab chiqaruvchilar bolalarni jalb qilish uchun bloggerlar bilan ishlashini aytdi. Striting esa bunga javoban hukumat “zamonga moslashishi” va ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalarga qarshi ham choralar ko‘rishi lozimligini ta'kidladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Isroil mudofaa kuchlari G‘azoni bosib olish rejasining 2-bosqichiga start berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:33

    Isroil mudofaa kuchlari G‘azoni bosib olish rejasining 2-bosqichiga start berdi

    Bu bosqich G'azo aholisi, ayniqsa G'azo shahrida yashovchi millionga yaqin insonning ommaviy ko'chirilishiga olib kelishi mumkin.

    'Qozog‘iston TIV rahbari hibsga olingani rad etildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:49

    Qozog‘iston TIV rahbari hibsga olingani rad etildi

    Orda.kz’dagi ma’lumot rad etildi, nashrga nisbatan sudga murojaat qilinishi mumkin.

    'AQSh Prezidenti Donald Trump Hindiston bilan savdo bitimidan voz kechdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:41

    AQSh Prezidenti Donald Trump Hindiston bilan savdo bitimidan voz kechdi

    Prezident Hindiston Rossiya neftidan voz kechmaguncha, bitimni maʼqullamasligini aytgan.

    'Qozog‘iston TIV rahbari qamoqqa olingani aytilmoqda.'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:36

    Qozog‘iston TIV rahbari qamoqqa olingani aytilmoqda.

    Mahalliy OAVlarga ko'ra, vazir SHT sammitidan qaytgach, o'z uyida qo'lga olingan.

    'Paulu Bentu Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiylik taklifini rad etdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:51

    Paulu Bentu Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiylik taklifini rad etdi

    Portugaliyalik mutaxassis taklif etilgan shartlarni oʻz maqsadlariga mos deb topmadi.

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:45