2 sentyabr kuni Pekin shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy raisi Si Tszinpin rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar barcha sharoitlarda strategik sheriklikni mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Uchrashuvda savdo-iqtisodiy aloqalar, investitsiya loyihalari, sanoat va qishloq xo‘jaligida hamkorlik, “Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi kabi yirik dasturlar alohida qayd etildi. 2023 yilda ikki tomonlama savdo hajmi 14 milliard dollardan oshgani, bu yil esa yana 23 foizga o‘sgani ma’lum qilindi. Yaqin yillarda bu ko‘rsatkichni 20 milliardga yetkazish rejalashtirilgan. Ta’lim va ilm-fan sohasida ham qator kelishuvlar imzolandi. Xitoyning bir necha universitetlari O‘zbekistonda filial ochadi, sun’iy intellektni rivojlantirish markazi hamda “Lu Ban’ ustaxonalari” tashkil etiladi. Shuningdek, madaniy almashinuvlarni kuchaytirish maqsadida vizarizim rejimi joriy etildi, aviaqatnovlar soni ko‘paymoqda. Mirziyoyev muzokaralar yakunida Si Tszinpinni O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif etdi. Suhbat har doimgidek ishonch, ochiqlik va do‘stlik ruhida o‘tdi.
Boshqa yangiliklar

Siyosat 03.09.2025 13:55
Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga rasmiy tashrifi yakunlandi
Prezident sammitlar, muzokaralar va harbiy paradda ishtirok etib, Toshkentga qaytdi.

Siyosat 02.09.2025 10:53
Ўзбекистон давлат қарзи 43,4 млрд долларга етди
2024 yilning birinchi yarmida davlat qarzi 3,1 mlrd dollarga oshdi.

Siyosat 02.09.2025 09:22
Mirziyoyev Afg‘onistondagi zilzila munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Ўзбекистон раҳбари қурбонлар учун тасалли, жабрланувчиларга шифо тилади.

Siyosat 01.09.2025 18:19
Shavkat Mirziyoyev SHHT davlat rahbarlari ishtirokidagi sammitda qatnashdi
Xavfsizlik masalalari bo‘yicha “SHHT plyus” formatidagi birinchi muloqot kelgusi yili O‘zbekistonda o‘tkazilishi mumkin.

Siyosat 01.09.2025 11:04
AQSh Oʻzbekiston bilan strategik sheriklikni kengaytirishni istamoqda
AQSh prezidenti Donald Trump Shavkat Mirziyoyevni Oʻzbekiston mustaqilligining 34 yilligi bilan tabrikladi.

Siyosat 01.09.2025 10:35
Iqlimdan turizm gacha: O‘zbekistonning SHTdagi yo‘nalishlari ochiqlandi
Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida barqarorlik va taraqqiyotni ta'minlash maqsadida bir qator yo‘nalishlarda qo‘shma tashabbuslar amalga oshirilmoqda.