AsosiyDunyo

Uman shahriga ziyorat safariga ta’qiq qo‘yilishi mumkinligi aytilmoqda

Ukraina xavfsizlik sabablari tufayli chet elliklarning “Rosh ha-Shana” bayramida Uman shahriga kelishini cheklashi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.

'Uman shahriga ziyorat safariga ta’qiq qo‘yilishi mumkinligi aytilmoqda'ning rasmi

Ukrainaning Cherkassi viloyatidagi Uman shahri hassidlar uchun muhim ziyorat markazi hisoblanadi. Ular 18-asrda Ukrainada vujudga kelgan hassidchilik oqimi asoschisi bo‘lgan rabbi Naxmon qabrini ziyorat qilish uchun kelishadi.

Rosh ha-Shana — yahudiy taqvimi bo‘yicha yangi yil — bu yil 22 sentyabrda boshlanadi. O‘tgan yili, urushga qaramay, shaharga 30 mingdan ortiq ziyoratchi kelgandi.

Jerusalem Post ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil Ukraina chet ellik fuqarolarning kelishiga taqiq qo‘yishi mumkin.

Sabab sifatida Rossiya bilan urush tufayli xavfsizlikning ta’minlanmasligi ko‘rsatilmogda. Shuningdek, Kiyev Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning Ukraina mustaqilligi kunida tabriq qo‘ng‘iroq qilmaganidan norozi ekani aytilmogda.

Biroq, Axios jurnalisti Barak Ravidning yozishicha, Isroil Tashqi ishlar vazirligi vakili Ukraina siyosatida hozircha o‘zgarish yo‘qligini bildirgan.

    Boshqa yangiliklar