Turkiya transport vaziri avtomobilida tezlikni me'yordan oshirgani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda Turkiya OAV lari xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, vazir Abdulqodir Ural o'g'li transport vositasini boshqarayotganida tezlikni belgilangan me'yordan oshirgan. Holat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo'lgach, vazir o'z ixtiyori bilan politsiyaga murojaat qilib, jarima to'laganini aytdi.
Uralo'g'li X ijtimoiy tarmog'ida Anqara
Nigde trassasi bo'ylab safarining videosini e'lon qildi, unda avtomobil tezligi 225 km/soatga yetgani ko'rinadi. Qonun bo'yicha trassada belgilangan tezlik cheklovi 140 km/soatni tashkil qiladi.
Videolavha ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tezda tarqalib, yo'l harakati xavfsizligi uchun mas'ul bo'lgan amaldorning bunday xatti-harakati ko'plab tanqidlarga sabab bo'ldi.
Uralo'g'lining so'zlariga ko'ra, u shaxsan politsiyaga murojaat qilib, qoidabuzarlikni tan olgan. Oxir-oqibat 9267 lira (230 dollar) miqdorida jarimaga tortilgan.