Majburiy ijro byurosining bergan xabariga ko‘ra, byuroning Andijon shahar bo‘limi ish yuritishiga qarzdor “T.V.K” xususiy korxonasidan davlat foydasiga jami 3 milliard so‘m miqdoridagi qarzni undirish yuzasidan soliq organining qarori kelib tushgan.
Olib borilgan ijro harakatlari natijasida mazkur qarzdorlik korxona tomonidan naqd pul shaklida to‘liq qoplanishi ta’minlandi.
Bu kabi ishlar orqali davlat byudjetiga qo‘shimcha mablag‘lar yo‘naltirilib, qonun ustuvorligi va moliyaviy intizom ta’minlanmoqda, deyiladi xabarda.