AsosiySiyosat

Mirziyoyev Turkmanistonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston yetakchisi Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi taklifi bilan mamlakatga boradi.

'Mirziyoyev Turkmanistonga jo‘nab ketdi'ning rasmi

Bugun, 22 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhammadovning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Davlat rahbari "Avaza" milliy turizm zonasida bo‘lib o‘tadigan "Ozarbayjon – Turkmaniston – O‘zbekiston" formatidagi sammit tadbirlarida ishtirok etadi.

O‘zbekiston yetakchisi sammit doirasida ikki tomonlama muzokaralar ham o‘tkazadi.

    Boshqa yangiliklar