Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri — Baxtiyor Saidov Bahrayn Podshohligi Bosh vaziri oʻrinbosari Shayx Xolid bin Abdullo Al Xalifa bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati maʼlum qildi.
Suhbat davomida ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, iqtisodiyot, madaniyat, taʼlim va geosiyosat kabi sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar mavjud salohiyatni isga solgan holda hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.