Xitoyning janubiy Guangdong provinsiyasida joylashgan Insta360 kamera ishlab chiqaruvchi kompaniya o‘z xodimlari uchun "Ozing va pul ishlang" aksiyasini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda "City News Service Shanghai" xabar berdi.
Bildirilishicha, har bir tashlangan 500 gramm vazn uchun rahbariyat 500 yuan (70 dollar) to‘laydi. Biroq aksincha holatda xodimning o‘zi har bir 500 gramm uchun 800 yuan jarima (112 dollar) pul to‘lashi kerak bo‘ladi.
Xabarga ko‘ra, hozircha hech kim jarimaga tortilmagan. Aksiyaga 99 nafar xodim foyda qilgan bo‘lib, ular jami 950 kilogramm vazn tashgan hamda 139 ming 389 dollar ishlab olgan.
Ushbu g‘oya internet foydalanuvchilarida katta qiziqish uyg‘otib, ular o‘z kompaniyalari ham shunday yo‘l tutishini xohlashini aytgan.
Ma’lumot uchun, Wonderlab oziq-ovqat qo‘shimchalari ishlab chiqaruvchi kompaniya ham bir oylik vazn kamaytirish tanlovini o‘tkazgan. Unda 224 nafar xodim 750 kilogramm vazn tashlashgan va mukofot sifatida 171 ming yuan (23 ming 834 dollar) bo‘lishib olgan.