Telegram 2025 yilda hozirgacha jami 20,9 milliondan ortiq kanal va guruhni o‘chirib tashladi. Bu messenjer tarixidagi eng katta tozalash jarayoni bo‘ldi. Kompaniya rasmiy saytida yozilishicha, ayniqsa 27 iyul kuni rekord darajadagi – 402 mingdan ortiq kanal bloklangan. 3 iyul kuni esa 314 ming kanal yopilgan.
Aniq sabablar ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, bu kanallar odatda foydalanuvchi shikoyatlari asosida, firibgarlik, tovlamachilik va ruxsatsiz shaxsiy maʼlumotlar tarqatgani uchun o‘chirib boriladi. Pavel Durovning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya so‘nggi vaqtlarda platformani "doksing" va noqonuniy kontentdan tozalashga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Shuningdek, Telegram foydalanuvchilar uchun reyting tizimini ham joriy etmoqda. Bu orqali har bir foydalanuvchi o‘z hisobining darajasini bilib boradi va bu ko‘rsatkich to‘lov funksiyalari yoki qo‘shimcha imkoniyatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin.