Politico nashrining yozishicha, Yevrokomissiya sentabr boshida Moldova bilan aʼzolik boʻyicha birinchi "muzokaralar klasteri"ni ochishni maqsad qilgan.
Manbaga koʻra, bu qaror Moldovadagi prezident Maya Sandu partiyasiga yaqinlashib kelayotgan parlament saylovlari arafasida kuchli siyosiy qoʻllov koʻrinishida amalga oshirilmoqda.
Ammo bu holat Ukrainada norozilik uygʻotishi mumkin. Chunki ilgari Ukraina va Moldova birga harakatlanayotgan edi. Hozirda Ukraina YE aʼzoligiga oid muzokaralarda bir nechta toʻsiqlarga duch kelmoqda. Jumladan, Vengriya bu jarayonga qatʼiy qarshi chiqmoqda.
Politicoga koʻra, Moldova esa bu borada muhim toʻsiqlarga duch kelmaydi va tezroq aʼzo boʻlishi mumkin.