AsosiyDunyo

Putin Kim Chen In'ga maktub yozdi

Rossiya yetakchisi Shimoliy Koreya askarlarini "qahramon" deb atadi.

'Putin Kim Chen In'ga maktub yozdi'ning rasmi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inga yo‘llagan maktubida Ukraynada Rossiya safida jang qilgan koreyalik askarlarni “qahramon” deb atadi. Bu haqda KXDR davlat agentligi xabar berdi.

Putin ushbu maktubni Koreyaning Yaponiya mustamlakasidan ozod etilgan kun munosabati bilan yo‘llagan. Unda Putin tarixda Sovet armiyasi va shimoliy koreyaliklar Yaponiyaga qarshi birga jang qilganini eslatib o‘tdi hamda “bugungi hamkorlik ham ana shu do‘stlik rishtalariga asoslanganini” ta’kidladi.

Putinning ta’kidlashicha, KXDR askarlari 2024 yilda Rossiyaning Kursk viloyatidagi “ukrain bosqinchilaridan” hududni ozod etish operatsiyasida faol qatnashgan. Rossiya tomoni ma’lum qilishicha, 10 mingdan ortiq shimoliy koreyalik harbiy Ukraina frontiga yuborilgan, ular orasida yuzlab qurbonlar bor.

Maktubni Rossiya Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin Kim Chen Inga shaxsan yetkazgan. Volodin so‘zlariga ko‘ra, Rossiya o‘z yurti uchun jonini fido qilgan Koreya askarlarini hech qachon unutmaydi.

    Boshqa yangiliklar