Viloyat hokimi Zoir Mirzayevning ma’lum qilishicha, yong‘inning sababi bozor hududidagi ikki do‘kon orasidan o‘tgan elektrom simlarida yuzaga kelgan avariya bo‘lishi mumkin. Hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-modda 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yuritishga olgan.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, yong‘in oqibatida A blokdagi 78 nafar, S blokdagi 11 nafar va E blokdagi 48 nafar tadbirkor zarar ko‘rgan. Ularga tegishli jami 181 ta do‘kon va 76 ta bo‘sh do‘kon yong‘indan talafot ko‘rgan.
Tuman hokimligi zarar ko‘rgan 165 ta tadbirkorlik subyektini vaqtincha faoliyatini davom ettirishlari uchun bozor hududidagi 63 ta bo‘sh do‘kon bilan ta’minladi. Ularga ikki oy davomida ijara to‘lovidan ozod etildi.
Hokim Zoir Mirzayevning aytishicha, 15 avgustdan boshlab tadbirkorlar bozorning yong‘indan talafot ko‘rmagan qismidagi bo‘sh do‘konlarga joylashtiriladi, 17 avgustdan esa bozor faoliyati qayta boshlanadi. Viloyat prokuraturasi esa 40 nafar tergovchi ishtirokida voqea tafsilotlarini aniqlish va huquqiy baho berish ishlarini olib bormoqda.