"Shirmonbuloq" MFYda yashovchi fuqaro O.P. oʻz xonadonida 5 ta mayning qurilmasini umumiy elektromos tarmogʻiga noqonuniy ulab, 157,9 million soʻmlik elektr energiyasidan foydalangan.
Tezkor tadbir Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIB hamkorligida oʻtkazilib, noqonuniy faoliyatga chek qoʻyildi.
Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) va 278-9-moddasi (mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov ishlari olib borilmoqda.