AsosiyJamiyat

Tovarni kechiktirib yetkazgan sotuvchi endi penya to‘laydi

Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida qonunga muhim oʻzgartirish kiritildi — har kechikkan kun uchun tovar narxining 0,5 foiz miqdorida penya toʻlash majburiyati joriy etildi.

'Tovarni kechiktirib yetkazgan sotuvchi endi penya to‘laydi'ning rasmi

2025 yil 31 iyulda qabul qilingan O‘RQ-1078-son Qonun bilan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan yangiliklarga ko‘ra, agar sotuvchi tovarni kelishilgan muddatda yetkazib bermasa, u har bir kechikkan daqiqa, soat yoki kun uchun tovar narxining 0,5 foizi miqdorida penya to‘laydi.

Shartnomada ushbu penya miqdorini 0,5%dan kam qilib belgilash taqiqlanadi. Bu norma jismoniy shaxs – iste’molchilar manfaati yo‘lida joriy etilgan.

Oxirgi yillarda tovar kechikishi bilan bog‘liq shikoyatlar keskin oshgan:

2022 yil – 500 ta murojaat,

2023 yil – 1 373 ta,

2024 yil – 4 213 ta.

Ko‘pchilik holatlar maishiy texnika, mebel va avtomobillar yetkazib berishdagi kechikishlar bilan bog‘liq.

Qonunning maqsadi – fuqarolar huquqlarini samarali himoya qilish, sotuvchilar mas’uliyatini oshirish va adolatli bozor muhitini shakllantirishdir.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '"Uch qahramon" bozoridagi yong‘in 74 mlrd so‘mlik zarar keltirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:25

    "Uch qahramon" bozoridagi yong‘in 74 mlrd so‘mlik zarar keltirdi

    Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan "Uch qahramon" bozorida 11 avgust kuni yuz bergan yong‘in oqibatida 137 nafar tadbirkor zarar ko‘rgan.

    'Samarqandda ayollarni haqoratlagan xodimga jazo qo‘llanildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:22

    Samarqandda ayollarni haqoratlagan xodimga jazo qo‘llanildi

    Urg‘utda madaniyat bo‘limi rahbariga odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun jazo berildi.

    'Jizzaxda 228 mlrd so‘mlik aksizsiz tamaki mahsuloti fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:10

    Jizzaxda 228 mlrd so‘mlik aksizsiz tamaki mahsuloti fosh etildi

    Avval sudlangan shaxs 6 ming quti “Esse change”ni sotish paytida ushlandi.

    'Andijonda maktab direktori o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb etib, oyliklarini ushlab qolayotgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:57

    Andijonda maktab direktori o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb etib, oyliklarini ushlab qolayotgani aytilmoqda

    Oltinko‘l tumanidagi 21-maktab o‘qituvchilari yozgi ta’til davridan qaytgach, darsga emas, balki maktab hovlisida o‘t yulish va ta’mirlash ishlariga jalb qilingan.

    '"Andijonda noqonuniy 'mayning ferma' faoliyati fosh etildi"'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:04

    "Andijonda noqonuniy 'mayning ferma' faoliyati fosh etildi"

    Buqoqboshi tumanida yashirin kripto-aktivlar ishlab chiqarish bilan shugʻullanib kelgan fuqaro va uning sheriklariga qarshi jinoyat ishi koʻzgatildi.

    'Toshkent aeroportida ikki ayol jinsiy aʼzosiga yashirilgan quyma oltin bilan qoʻlga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:57

    Toshkent aeroportida ikki ayol jinsiy aʼzosiga yashirilgan quyma oltin bilan qoʻlga tushdi

    Hindistonga uchib ketayotgan ikki yo‘lovchi ayol "jonli konteyner" usulida yuk olib o‘tishga uringani uchun Toshkent aeroportida ushlandi.