AsosiyJinoyat

Voyida 2 nafar fuqaro avtoturar joy talashib mushtlashdi

Ularga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52- va 183-moddalari tartibida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

'Voyida 2 nafar fuqaro avtoturar joy talashib mushtlashdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahrida avtoturarjoy talashib, o‘zaro mushtlashgan fuqarolar qo‘lga olingan. Voqea Farg‘ona viloyat IIB tomonidan o‘rganib chiqilgan.

Bildirilishicha, voqea joriy yilning 5 avgust kuni Qo‘qon shahrida sodir bo‘lgan. A.N. va A.G‘. o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik ortidan janjal kelib chiqib, ular bir-biriga jarohat yetkazgan.

Holat yuzasidan shahar IIB xodimlari tomonidan tergovgacha qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, ularga nisbatan 52- va 183-moddalari tartibida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Ma’lumot uchun, yuqorida keltirilgan moddalari engil tan jarohati yetkazish va mayda bezorilik bilan bog‘liq.

    Boshqa yangiliklar