AsosiyJinoyat

Poytaxtda "hojatbaror" soxta DXX xodimi ming dollar pora bilan qo‘lga olindi

U oʻzini Davlat xavfsizlik xodimi sifatida tanishtirib, korxona rahbaridan 1000 dollar olgan.

'Poytaxtda "hojatbaror" soxta DXX xodimi ming dollar pora bilan qo‘lga olindi'ning rasmi

Ma’lum qilinishicha, Namangan shahrida yashovchi 1985-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zini go‘yoki DXX xodimi deb tanishtirgan. U Namangan viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan xususiy korxona nomiga olib kelingan tovarlarni Bojxona qo‘mitasining Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasida ishlovchi tanishlari orqali hech qanday muammosiz bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazishda yordam berishini aytgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu “hojatbaror” fuqaro korxona rahbaridan firibgarlik yo‘li bilan har bir yuk partiyasi uchun 500 AQSH dollaridan jami 1000 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘larini olgan vaqtida ushlangan. Ushbu shaxs korxonaga xorijdan import qilinayotgan avto ehtiyot qismlarini bojxona rasmiylashtiruvidan tezlashtirib chiqarib berayotganini aytib, korxona rahbaridan muqaddam 1000 AQSH dollari olgan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Buxoroda 40 mln pul ishlamoqchi boʻlgan amaldor ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat Bugun 14:23

    Buxoroda 40 mln pul ishlamoqchi boʻlgan amaldor ushlandi

    Yordamchisi bilan o‘zaro til birlashtirib, 90 minglik choyishabni 190 mingdan sotib, 40 million ishlamoqchi bo‘lgan.

    'Andijonda 14 yoshli bola dupposlandi'ning rasmi

    Jinoyat 05.08.2025 19:31

    Andijonda 14 yoshli bola dupposlandi

    Holat yuzasidan Andijon shahri IIB tomonidan tergovgacha qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    '17 yoshli qizni 2 nafar yigit o‘lasi qilib kaltakladimi?'ning rasmi

    Jinoyat 05.08.2025 17:39

    17 yoshli qizni 2 nafar yigit o‘lasi qilib kaltakladimi?

    Voqea sotuvchining "nasiyaga" ko‘ylak bermagani sababli yuzaga kelgan.

    'Mamlakatda 1 oyda 96 mlrd so‘mlik energiya o‘g‘irlandi'ning rasmi

    Jinoyat 05.08.2025 16:55

    Mamlakatda 1 oyda 96 mlrd so‘mlik energiya o‘g‘irlandi

    Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.

    'Oʻzbekiston aholisi qariyb 38 millionga yetdi'ning rasmi

    Jinoyat 05.08.2025 09:19

    Oʻzbekiston aholisi qariyb 38 millionga yetdi

    Nikohlar koʻpaydi, lekin ajralish soni ham kam emas.

    '“A.U.E” xavfi: Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklar jinoyiy guruh domida'ning rasmi

    Jinoyat 05.08.2025 08:58

    “A.U.E” xavfi: Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklar jinoyiy guruh domida

    Rossiyada ekstremistik deb topilgan "A.U.E" harakati qamoqxona madaniyatini targ‘ib qiladi.