Qozogʻistonning Qoʻstanoy viloyatidagi 17 ta qishloq aholisi spirtli ichimlik isteʼmolidan butunlay voz kechdi. Bu haqda "Nur.kz" xabar berdi.
Bildirilishicha, viloyatda mast holda sodir etilgan jinoyatlar soni 3,3 foizga kamaygan, buning asosiy sababi “Madaniy jamiyat” loyihasi hisoblanadi. Unging doirasida 17 ta qishloq aholisi alkogoldan butunlay voz kechgan.
Loyiha jamoatchilik tomonidan faol qoʻllab-quvvatlangan. Shahar va qishloqlarda jamoat komissiyalari tashkil etilgan, ularning tarkibiga fuqarolar, oqsoqollar, diniy ulamolar va mahalliy faollar kiradi. Ular spirtli ichimlikka ruju qoʻygan insonlarga yordam koʻrsatib, maʼnaviy qoʻllab-quvvatlaydi hamda tushuntirish ishlarini olib boradi.
Maʼlumot uchun, “Madaniy jamiyat” loyihasi 2024 yil sentyabridan Qoʻstanoy viloyatida amalga oshirilmoqda. Unging maqsadi jinoyatchilikning oldini olish, zararli odatlarga qarshi kurashish va sogʻlom madaniy muhitni shakllantirishdan iborat.