Frayburg universiteti professori, tarixchi Yörn Leonhard fikricha, Vladimir Putinga nisbatan har qanday murosa yoki asimmetrik yon berishlar foyda bermaydi. Unga ko‘ra, Rossiyani faqat aniq chizilgan “qizil chiziqlar” va ishonchli to‘xtatuvchi mexanizm to‘xtatishi mumkin.
Leonhard bu xulosani bundan 80 yil avval o‘tgan Potsdam konferensiyasidan olib chiqadi. U yerda Stalin G‘arb demokratiyasining zaifligini noto‘g‘ri baholagan, ammo AQSh va Britaniyaning muvofiqlashtirilgan pozitsiyasi muhim rol o‘ynagan.
Tarixchining ta’kidlashicha, 1945 yildan keyin ko‘plab urushlar rasmiy tinchlik shartnomasi bilan emas, balki zaif sulh yoki BMT rezolyutsiyasi bilan tugagan. U bunday holat Ukraynadagi urushda ham takrorlanishi mumkinligini aytadi: Rossiya vaqtincha sulh ortidan keyinchalik yana urinish qilishi ehtimoldan xoli emas.
U shuningdek, xalqaro huquqning yemirilishi, urushlar shaklining o‘zgarishi — davlatlararo mojarolar bilan birga fuqarolik, etnik ziddiyatlar va kiberhujumlar aralashgan murakkab holatga e’tibor qaratdi.